Ayni kunlarda Malayziya davlatida Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva ham ishtirok etyapti.
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2021 yildagi 17 foizdan 2023 yilda 11 foizga tushdi, 2026 yil yakunigacha bu ko‘rsatkichni 7 foizga tushirish belgilab olindi.
Tadbirda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida qator loyihalarni birgalikda amalga oshirishga ham kelishib olindi.
Malayziyaning kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha “Madani” hamda kam ta’minlangan oilalar bilan ishlash yo‘nalishida “E-Kasix” va “Azam” dasturlari mavjud.