Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlanishining oldini olish maqsadida respublika bo‘yicha 200 ga yaqin videokameralar o‘rnatilib, vazirlikning situatsion markazida doimiy nazorati yo‘lga qo‘yildi.
Kelgusida ekologiya sohasida xizmatlarni sifatli olib borish maqsadida vaziyatlar markazi faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi. Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasini yuritish uchun monitoring tizimi ishga tushiriladi.
Vazirlikning mavjud yo‘nalishlarini raqamlashtirishda jami 8 ta axborot tizimi joriy etiladi. Elektron hukumatni rivojlantirish maqsadida vazirlik tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari aholi uchun soddalashtiriladi.
Tizimda mehnat qilayotgan mingdan ortiq xodimning IT sohasidagi bilim va malakalari oshiriladi. 20 nafar xodim xalqaro ta’lim platformalari orqali o‘qitiladi.