Bolalar oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi

O‘zbekiston 15:22 / 30.05.2024 2100

“Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Tadbirkorlik sub’yektlari va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni jalb etgan holda belgilangan statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:

  • oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
  • oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
  • oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.

Bunda, mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga E-auksion elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.

Shuningdek, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ular o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: