Yer qa’ridan foydalanish qoidabuzarliklari haqida xabar qilganlar mukofotlanadi

O‘zbekiston 08:56 / 29.05.2024 6639

Bu - “Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi maxsus axborot tizimiga yuborilgan yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Fotosuratlar yoki videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash inspeksiya so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: