Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov Sankt-Peterburg shahri vitse-gubernatori Oleg Ergashev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Toshkent shahar hokimi iqtisodiyot, investitsiyalar, biznes, sanoat sohalari bilan bir qatorda ijtimoiy sohalarda ham hamkorlikni, o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish maqsadga muvofiqligini qayd etdi.
Sankt-Peterburg shahri vitse-gubernatori Toshkent shahrida bo‘lib turganidan xursandligini va istiqbolda ko‘plab yangi loyihalar orqali hamkorlik qilish taklifini bildirdi. Jumladan, yaqin kunlarda rossiyalik pediatriya, onkologiya sohasi mutaxassislari O‘zbekistonga o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish uchun yuborilishi ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida taraflar samarali hamkorlik uchun muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.