O‘zbekiston paraatletlari Yaponiyada o‘tkazilgan JChda 13 medalni qo‘lga kiritdi

Sport 08:48 / 29.05.2024 6064

15 may kuni Yaponiyaning Kobe shahrida start olgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda Milliy paralimpiya qo‘mitasi.

Dunyoning 103 ta mamlakatidan mingdan ortiq paraatlet ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 13 ta medal jamg‘ardi. Umumjamoa hisobida mamlakat Xitoy va Braziliyadan so‘ng joylashib, 3-o‘rinni egalladi.

Bu O‘zbekiston paralimpiyasi tarixida birinchi bor sodir bo‘lmoqda. Milliy jamoa bundan avvalgi 2 ta jahon chempionatida 10- va 9-o‘rinlarni egallagandi.

Bundan tashqari, Nurxon Qurbonova hamda Asila Mirzayorova o‘z yo‘nalishlarida jahon rekordlarini yangiladi.

G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin

  • Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev — yadro uloqtirish;
  • Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev — disk uloqtirish;
  • Xusniddin Norbekov — yadro uloqtirish;
  • Nurxon Qurbonova — nayza uloqtirish;
  • Asila Mirzayorova — uzunlikka sakrash;
  • Yoqutxon Xolbekova — uzunlikka sakrash;
  • Safiya Burxanova — yadro uloqtirish;

Kumush

  • Boburjon Omonov — yadro uloqtirish;
  • Dilafruz Ahmadxonova — yadro uloqtirish;
  • Kubaro Hakimova — yadro uloqtirish;
  • Mohigul Hamdamova — disk uloqtirish;

Bronza

  • Ma’rufjon Murodulloyev — 400 metrga yugurish;
  • Nurxon Qurbonova — yadro uloqtirish.

Ko‘proq yangiliklar: