Siyosiy fanlar nomzodi, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja jurnalistik faoliyatini 30 yil oldin MTRKning “Axborot” dasturi direksiyasida tarjimon, muharrir va siyosiy sharhlovchi sifatida boshlagan.
Faoliyati davomida O‘zTV-4 telekanali direktori, Prezident apparati bosh konsultanti, bosh vazirning matbuot kotibi, O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri, Markaziy saylov komissiyasi a’zosi kabi qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2018 yildan buyon Jurnalistika universiteti rektori sifatida soha kadrlarini tayyorlashda katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Professor Sherzodxon Qudratxo‘ja – “Oltin qalam” mukofoti laureati, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist.
Kun.uz o‘z kasbining ustasi, fidoyi jurnalist Sherzodxon Qudratxo‘jani qutlug‘ 50 yoshi bilan tabriklaydi. Ustozga uzoq umr, sihat-salomatlik, ijodiy barkamollik va kelgusidagi ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.