Yuk mashinasi kuzovining to‘g‘ri turini tanlash, ayniqsa, tez buziladigan tovarlarni tashish haqida gap ketganda, oson ish emasdir. Bu savol ayniqsa bizning jazirama yoz sharoitlarimizda dolzarb bo‘ladi. Eng mashhur va iqtisodiy jihatdan afzal variantlar – bu izotermik va refrijyeratorli furgonlardir. Keling, biznesingiz uchun eng optimal mos tanlovni amalga oshirish maqsadida Hyundai Trucks Uzbekistan bilan birgalikda ularning farqlari va afzalliklarini ko‘rib chiqamiz.
Izotermik kuzov. Bu turdagi kuzov yuk bo‘limi ichida barqaror haroratni saqlab turish uchun mo‘ljallangan termo izolyatsiya qilingan konstruksiyadir. Termo izolyatsiya qiluvchi materialdan ishlangan ko‘p qatlamli devorlar tufayli kuzov yukni atrof-muhit haroratining keskin o‘zgarishlaridan himoya qiladi. Bu tez buziladigan tovarlarni qisqa masofalarga yoki qisqa vaqt orlig‘ida tashish imkonini beradi.
Izotermik kuzovning afzalliklari:
● Refrijyeratorli kuzovli yuk mashinasiga nisbatan ancha qulay narx.
● Foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatilishining osonligi.
● Qo‘shimcha faol sovitish tizimlarining mavjud emasligi yoqilg‘i sarfini kamaytiradi.
Izotermik kuzovning kamchiliklari:
● Tovarlarning sovitilgan yoki isitilgan holatda saqlash muddatining cheklanganligi.
● Yuklashdan oldin kuzovni oldindan sovitish yoki isitish zarurati.
Refrijyeratorli kuzov. Bu o‘rnatilgan sovitish yoki isitish tizimiga ega bo‘lgan maxsus kuzov bo‘lib, u uzoq vaqt davomida yuk bo‘limi ichida belgilangan haroratni saqlab turish imkonini beradi. Bu tez buziladigan mahsulotlarni uzoq masofalarga tashishda, sovitilgan yoki muzlatilgan holatda uzoq muddatli saqlash talab qilinganda ideal yechimdir.
Refrijyeratorli kuzovning afzalliklari:
● Belgilangan haroratni butun marshrut davomida saqlab turish imkoniyati.
● Tovarlarni kerakli holatda saqlashning uzoqroq muddati.
● Kuzovni oldindan sovitish yoki isitish zaruratining mavjud emasligi.
Refrijyeratorning kamchiliklari:
● Xarid qilinish va foydalanish narxi izotermik kuzovli yuk mashinasiga nisbatan yuqori (sovitish tizimini ishlatish uchun yoqilg‘i sarfi).
● Sovitish tizimini muntazam parvarishlashning zarurati.
● Haydovchilardan qo‘shimcha malakani talab etadigan izotermik kuzovga nisbatan murakkabroq konstruksiya.
Izotermik va refrijyeratorli kuzovlar o‘rtasidagi tanlov, biznesning o‘ziga xos xususiyatlariga, tashiladigan yuklarning turiga, masofalar va vaqt oralig‘iga bog‘liqdir. Agar kompaniyaning ishi tez buziladigan tovarlarni qisqa masofalarga yoki bir necha soat davomida tashish bilan bog‘liq bo‘lsa, izotermik kuzov xarajatlar va foydalanish qulayligi nuqtai nazaridan optimal yechim bo‘lishi mumkin. Biroq agar uzoq yo‘nalishlar yoki qat’iy belgilangan harorat rejimini saqlash zarurati haqida gapiradigan bo‘lsak, bunda refrijyerator tashiladigan yuklarning yuqori darajadagi xavfsizligi va sifatini ta’minlay oladigan eng maqbul tanlov bo‘ladi.
Hyundai Trucks Uzbekistan ishbilarmonlarga O‘zbekistonda xususiy sarmoyalar hisobidan qurilgan ilk avtomobil zavodi bo‘lgan ADM Jizzakh zavodi hududida Hyundai Mighty EX8 negizida yig‘ilgan furgonlarning ikkala variantini taklif etadi. 4200 mm ga teng ekstra uzun g‘ildirak bazasiga ega va shassisining umumiy uzunligi 7370 mm ga teng bo‘lgan Mightyʼning yig‘ilishi yo‘lga qo‘yilib bo‘lgan. Bu 26,3 kub metr hajmli keng izotermik va refrijyeratorli kuzovlarni o‘rnatilishiga imkon yaratdi! Kuzovlarning ichki o‘lchamlari uzunligi 5700 mm, kengligi 2100 mm va balandligi 2200 mm ga teng. O‘lchamlar palletlarni qulay yuklash va joylashtirish uchun maxsus mo‘ljallangan bo‘lib, bu «o‘lik» bo‘shliqning mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, takelaj halqalari esa yuklarni ishonchli tarzda mahkamlash imkonini beradi. Mazkur furgonlarning yuk ko‘tarish qobiliyati 3665 kg ga yetishi mumkin.
Turbopurkashli va Common Rail tizimiga ega, hajmi 3907 kub. sm bo‘lgan, 4 silindrli D4DD dizel dvigateli Hyundai Mightyʼni harakatga keltiradi. Ishonchli va xizmat ko‘rsatishda oson bo‘lgan ushbu motor 2800 ayl/daqiqada 140 ot kuchi quvvatini va 1600 ayl/daqiqada 380 Nm maksimal aylantiruvchi momentni ta’minlaydi. Dvigatel Yaponiyaning Denso kompaniyasining ishonchli va samarali yoqilg‘i tizimi bilan jihozlangan.
Ishlab chiqaruvchi haydovchi ish joyining ergonomikligiga ham yetarlicha ahamiyat qaratgan. Hyundai Mightyʼning intereri turli yo‘l va iqlim sharoitlarida qulay haydash uchun mo‘ljallangan. Shamollatish va isitish tizimi yilning istalgan vaqtida kabinada qulay haroratni kafolatlaydi, konditsioner esa barcha komplektatsiyalarda mavjud.
Audio tizimi radio, AUX, USB, Bluetooth va ruldagi boshqaruv tugmalari bilan jihozlangan.
Tirsak tayanchi va sozlanuvchi bel tayanchiga ega bo‘lgan, dastakli-prujinali asosga ega podveskaga asoslangan haydovchining o‘rindig‘i qo‘shimcha qulaylikni ta’minlaydi. Bosh tayanchlari balandligi bo‘yicha sozlanadi, haydovchi o‘rindig‘i esa keng lateral tayanchga ega. Bort kompyuteri funksiyasiga ega displey avtomobilning holati haqidagi ma’lumotlarni aks ettiradi va texnik xizmat ko‘rsatish zarurati haqida xabar beradi. Audio tizimi boshqaruv tugmalari va ko‘p funksiyali rul osti o‘zgartirgichlariga ega bo‘lgan zamonaviy multirul avtomobilning turli funksiyalarini qulay boshqarilishini ta’minlaydi.
Izotermik kuzovli Hyundai Mighty quyidagi faoliyat turlari uchun juda mos keladi:
● Yangi pishirilgan non mahsulotlari va qandolat mahsulotlarini do‘kon va savdo shoxobchalariga yetkazib berish. Izotermik kuzov mahsulotning ta’mi va yangiligini saqlab qolishga imkon beradi.
● Sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar/omborlardan shahar yoki bir viloyat hududi ichidagi supermarketlar va chakana do‘konlarga tashish. Termo izolyatsiyasining mavjudligi tufayli tashilishda sut, yogurtlar va boshqa sut mahsulotlarining sifati buzilmaydi.
● Sovitilgan yarim tayyor mahsulotlarni omborxonalar hamda restoranlar va tez ovqatlanadigan kafelar kabi umumiy ovqatlanish shoxobchalari orasida tashish. Izotermik kuzov yarim tayyor mahsulotlarning muzdan tushishi va buzilishiga imkon bermaydi.
● Yangi uzilgan gullar va o‘simliklarni gul do‘konlari va ulgurji bazalarga yetkazib berish. Termo izolyatsiya qilingan kuzov ularning yangiligini va haridorgirligini saqlashga yordam beradi.
Ikkinchi tomondan, refrijyerator kuzovli Hyundai Mighty quyidagi faoliyatlar bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun juda mos keladi:
● Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini (go‘sht, baliq, dengiz mahsulotlari) ishlab chiqaruvchilardan ulgurji tarqatish markazlarigacha uzoq masofali tashish. Refrijyerator mahsulotlar uchun barqaror past haroratni ta’minlaydi.
● Sovitilgan dorilar va emlash vositalarini omborxonalar va tibbiyot muassasalari o‘rasida tashish. Bu yerda haroratning qattiy saqlanishi juda muhimdir.
● Yirik qishloq xo‘jaligi korxonalaridan yangi sabzavot va mevalarni mamlakat bo‘ylab savdo tarmoqlariga yetkazib berish. Refrijyerator tez buziladigan yuklarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
● Muzlatilgan yarim tayyor mahsulotlarni uzoq masofaga umumiy ovqatlanish korxonalariga tashish. Refrijyerator mahsulotlarning uzoq muddatli tashilishda saqlanishini kafolatlaydi.
Ta’kidlash joizki, yuklarning saqlanishini ta’minlash hamda mijozlar talablarini qondirish maqsadida, tanlanadigan kuzov turidan qat’i nazar, tez buziladigan tovarlarni tashish bo‘yicha barcha talablar va belgilangan harorat rejimlariga qat’iy rioya qilish muhimdir.
Yodda tuting, tez buziladigan tovarlarni muvaffaqiyatli tashish va biznesingiz obro‘si uchun kuzovning turini to‘g‘ri tanlanishi juda muhimdir. Eng foydali va samarali qaror qabul qilish uchun barcha omillarni sinchiklab o‘ylab ko‘ring va mutaxassislar bilan maslahatlashing.
Bundan tashqari, Hyundai Trucks Uzbekistan tayyor kuzovlarga ega bo‘lgan xaridorlarga davalcheskiy shassilarni yetkazib berishi va ularni o‘rnatishda ko‘maklashishi mumkin. Bazaviy shassining narxi 499 900 000 so‘mni tashkil etadi.
Xususiyatlar, mavjud komplektatsiyalar, lizing hamda foizsiz bo‘lib to‘lashning narxlari va shartlari bilan rasmiy sayt va tezkor telefon raqami orqali tanishish mumkin: