1 oktyabrdan beri AQSh chegarasida qariyb 3 ming nafar o‘zbekistonlik ushlangan

O‘zbekiston 15:58 / 29.05.2024 9046

2023 yilning 1 oktyabridan beri AQShning janubiy chegarasidan 57 ming 200 nafar noqonuniy migrant o‘tib, Kaliforniya shtatigacha yetib olishga uringan. Ularning 2900 nafarini O‘zbekiston fuqarolari tashkil etadi. Bu haqda Fox News mamlakat Chegara-bojxona xizmatidan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar berdi.

Qayd etilishicha , qo‘lga olinganlarning 27 ming 583 nafari xitoylik, 8,9 ming nafari hindistonlik, 7,8 ming nafari turkiyalik, 4,4 ming nafari mavritaniyalik, 3 mingga yaqini vetnamlik, 5,6 ming nafari esa gvineyalikdirdir.

Ma’lumot uchun, 2021-2023 yillar oralig‘ida O‘zbekistonning 13,6 ming nafar fuqarosi AQShga Meksika orqali noqonuniy kirishga uringan. Bu boradagi ro‘yxatda 30,8 ming kishi bilan Turkiya va 15,5 ming kishi bilan Mavritaniya yetakchi, Misr va Pokistonni ortda qoldirgan O‘zbekiston uchinchi o‘rinda qayd etilgandi.

O‘zbekistonlik noqonuniy mehnat muhojirlari asosan «O‘zbekiston – Turkiya (Ispaniya) – Boliviya – Kolumbiya – Meksika – AQSh» yo‘nalishi bo‘yicha Qo‘shma Shtatlariga kirishga harakat qilgan.

Avvalroq, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Meksika orqali noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari endilikda mamlakatga qo‘yib yuborilmasligi va immigratsiya ishi hal bo‘lgunicha hibsda saqlanishi haqida ogohlantirish bilan chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: