O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Yangi Toshkent ko‘chalaridan biri «Sankt-Peterburg» deb nomlanishi haqida ma’lum qildi.
«Ajoyib! U eng go‘zal ko‘cha bo‘ladi», deb javob berdi Rossiya prezidenti.
O‘zbekiston rasmiylari tashabbusiga gubernator Aleksandr Beglov ham munosabat bildirdi.
«Ushbu qaror shahrimiz uchun katta sharaf hamda O‘zbekiston Respublikasi va Toshkent shahri bilan yaqin, do‘stona munosabatlarimiz ramzidir. O‘zbekiston bilan sheriklik Sankt-Peterburgning xalqaro hamkorlik sohasidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi», — dedi shahar rahbari.
O‘tgan hafta Smolniyda Aleksandr Beglov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov bilan uchrashdi. Shaharlar Sankt-Peterburg hukumati va Toshkent shahar hokimligi o‘rtasida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga muvofiq o‘zaro hamkorlik qiladi. 2024 yil aprel oyida Toshkentda Sankt-Peterburg kunlari bo‘lib o‘tdi, shu yilning kuzida Sankt-Peterburgda Toshkent kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, kuzda qamalda qolgan Leningraddan evakuatsiya qilingan aholini qabul qilgan o‘zbek xalqiga hurmat va leningradliklarning jasorati xotirasi sifatida Toshkentdagi G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasida Leningrad yodgorligini o‘rnatish ishlari yakunlanishi kerak.