Toshkent viloyatida Janubiy Koreya tajribasi asosida ko‘chat ekiladi

O‘zbekiston 08:31 / 28.05.2024 2297

Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan Janubiy Koreya tajribasi asosida ko‘chat ekilishi 10 kun muddatda ta’minlanadi. Viloyat hokimi Zoir Mirzayevning bu boradagi tegishli qarori qabul qilindi.

Janubiy Koreya tajribasi asosida Nurafshon va Bekobod shaharlari, O‘rta Chirchiq, Toshkent va Ohangaron tumanlari hududidan jami 34 gektar yer maydoni 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga biriktiriladi.

Har 1 gektar yer maydoni uchun mahalliy budjetdan 100 million so‘m mablag‘ ajratiladi va tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilinadi.

Bunda, yerni tayyor holga keltirib, daraxt ekishga xohishi bo‘lgan aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratib, har bir daraxt ko‘chat ekkan shaxs nomiga tamg‘alanadi. Daraxtlarni parvarishlash uchun obodonlashtirish boshqarmasi shtatlari doirasidagi har 1 gektar uchun bir nafar xodim biriktiriladi.

Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari shtat birliklari doirasida “Yashil kelajak bog‘i” bo‘limlari faoliyati tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: