Parij-2024 o‘yinlarining xalqaro hamkori Procter & Gamble Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi, kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) bilan shartnomalar imzoladi. Shuningdek, Parij 2024 o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan ba’zi sportchilar P&G marketing tadbirlarida ishtirok etishadi.
P&G kompaniyasining Turkiyadagi boshqaruvi raisi Tankut Turnaoglu shunday dedi:“P&G da biz nafaqat sifatli mahsulotlarni ishlab chiqishga e’tibor qaratamiz, shu bilan birga o‘sish va yaxshilik uchun kuch bo‘lishga intiluvchi ta’sirli ijtimoiy loyihalarimiz orqali odamlar hayotini yaxshilashga ham e’tibor qaratamiz. Jamoamiz tashabbuslarini birinchi o‘ringa qo‘yadigan asosiy yo‘nalishlardan biri bu sportdir, chunki P&G sifatida biz har doim sportning shifobaxsh va birlashtiruvchi kuchiga ishonamiz.
Olimpiya o‘yinlari butun dunyo tomosha qiladigan eng yirik sport musobaqasidir. Global hamkor sifatida biz 2010 yilgi Vankuver qishki Olimpiada o‘yinlarida Olimpiya xalqalari yonida P&G logotipini debyut qildik va hozirgi kunda eng yaxshi 12 global hamkorlardan biri hisoblanamiz. Bugun biz ushbu hamkorlikni O‘zbekistonda ham kengaytirayotganimizdan faxrlanamiz, sportning ham jismoniy, ham aqliy rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti va sog‘lom avlodni shakllantirishdagi muhum ahamiyatga egaligini tushunamiz. Shu bois faoliyat yuritayotgan hududlarda sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, sport madaniyatini ommalashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga intilamiz. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining jahon hamkori va O‘zbekistondagi Olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlagan holda, biz mamlakatimizning sportdagi nufuzini oshirishga hissa qo‘shmoqchimiz. Ishonchimiz komilki 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi bizni yuqori natijalari bilan xursand qiladi”.
O‘z navbatida, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov bunday hamkorlik mamlakatimizda sportini rivojlantirish yo‘lidagi ulkan muvaffaqiyat ekanini ta’kidladi: “Bugungi kunda O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlari va xalqaro musobaqalarda erishayotgan yutuqlari tufayli, O‘zbekiston jahon sport markazlaridan biriga aylandi. Biz P&G kabi global kompaniyaning homiyligi bilan bog‘liq barcha imkoniyatlarni va mas’uliyatni yuqori baholaymiz. Biz keng ijtimoiy ta’sir uchun siz bilan hamkorligimizning barcha imkoniyatlaridan foydalanish niyatidamiz. Ishonamizki, Sizning kompaniyangiz O‘zbekistondagi Olimpiya harakati g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlovchi qudratli kuchga aylanadi. Bizning umumiy ustuvor vazifamiz - bu sportning yordami bilan mamlakatimiz sportchilarining yangi yutuqlari uchun turtki bo‘ladi. Bizning hamkorlarimiz ham bizning davomiy rivojlanishimiz va muvaffaqiyatimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Biz faxrlanadigan hamkorlarimiz ro‘yxatiga P&G qo‘shilishi muhim yangilikdir”.
Procter & Gamble kompaniyasi haqida
P&G butun dunyo bo‘ylab 5 milliardga yaqin iste’molchilarga xizmat ko‘rsatib, ishonchli, sifatli va etakchi brendlarning eng kuchli portfellaridan birini taklif etadi, jumladan Pampers ®, Tide ® , Ariel ®, Head & Shoulders ®, Always ®, Pantene ® , Fairy ®, Oral-B ®, Gillette ®, Safeguard ®, Venera ®, Old Spice ®, Lenor ®. P&G hamjamiyati dunyoning 70 ga yaqin mamlakatlarida ishlaydi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun veb-saytga tashrif buyuring www.pg.com.
Reklama