"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot davomida mamlakat oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘zbekistonlik talabalarning akademiyada amaliyot o‘tashini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, Vistula universitetda tahsil olayotgan vatandoshlar bilan bog‘liq vaziyatga alohida to‘xtalib o‘tildi. Diplomatik vakolatxona tomonidan universitetda tahsil olayotgan hamyurtlarga qaratilayotgan e’tibor alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan akademik aloqalar o‘rnatish hamda qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga qiziqish bildirildi.