Rossiyadagi Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik talaba sovrindor bo‘ldi

O‘zbekiston 10:42 / 27.05.2024 4976

O‘zbekistonlik qori Abbosxon Obidov Saidmurod o‘g‘li Rossiyada o‘tkazilgan Qur’oni karimni tajvidli o‘qish bo‘yicha xalqaro musobaqada sovrindor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Ixva” xayriya jamiyati tomonidan tashkil qilingan ikkinchi xalqaro musobaqaga 25–27 may kunlari Rossiya federatsiyasining Ingushiston respublikasi mezbonlik qildi. 

O‘zbekiston nomidan musobaqada qatnashgan Abbosxon qori Obidov Saidmurod o‘g‘li 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi va 3 ming dollar mukofot bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, Abbosxon qori O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi "Hidoya" o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: