“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2024 yil 1 iyundan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Bunda:
- Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib huquqiy targ‘ibot materiallari tayyorlanadi hamda ularning eng quyi bo‘g‘inigacha Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali yuboriladi;
- davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni yetkazishga oid faoliyati raqamlashtiriladi va huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullari keng tatbiq etiladi;
- davlat organlari va tashkilotlarida o‘z faoliyati sohasiga oid huquqiy axborotlarni aholiga yetkazish faoliyatini tashkil qilish hamda muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘linmalar belgilanadi;
- davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish darajasi va sifati ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.