Ispaniyaning yetakchi El Mundo Financiero elektron nashrida Madriddan O‘zbekiston shaharlariga yo‘lga qo‘yilgan yangi charter reyslarga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Maqolada qayd etilishicha, Ispaniyaning eng yirik turoperatori World2Meet Madriddan O‘zbekistonga charter reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Ular Madridni Urganch va Toshkent bilan bog‘laydi.
"Madrid–Toshkent–Madrid" va "Madrid–Urganch–Madrid" yo‘nalishlari bo‘yicha havo qatnovlari World2Fly aviakompaniyasining Airbus 330-300 samolyotlarida har ikki haftada bir marta amalga oshiriladi", – deyiladi maqolada.
Ma’lum qilinganidek, "Madrid-Toshkent" yo‘nalishida uchgan birinchi samolyot 23 may kuni O‘zbekiston poytaxtiga qo‘ndi.