Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 27 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Oliy darajadagi muzokaralar davomida rahbarlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinishi rejalashtirilgan. Prezidentlar, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida ham ishtirok etadi.
Vladimir Putin 7 may kungi inauguratsiya marosimidan boshlab beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi.
RF rahbari yangi muddatga saylanganidan keyin 16-17 may kuni Xitoyda davlat tashrifi bilan, 23-24 may kunlari Belarusda ishchi tashrif bilan bo‘lgan edi.