Hududlar kesimida 11-sinf bitiruvchilari soni eng ko‘p Samarqand viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda
Ma’lum qilinishicha, 2023/2024 o‘quv yilida barcha mulkchilik shaklidagi umumta’lim muassasalari 11-sinflarini jami 414,6 ming nafar o‘quvchi bitirgan. Shundan qiz bolalar 223,1 ming, o‘g‘il bolalar 191,5 ming nafar.
Hududlar kesimda bitiruvchilar soni quyidagicha bo‘lgan:
2023/2024 o‘quv yilida umumta’lim muassasalarining 11-sinfida o‘qigan o‘quvchilar soni (ming nafar):
- Qoraqalpog‘iston R. – 23,1 ming (shundan qiz bolalar 12,6, o‘g‘il boalar 10,5 ming);
- Andijon viloyati – 34,7 ming (shundan qiz bolalar 19 ming, o‘g‘il bolalar 15,7 ming);
- Buxoro viloyati – 22,9 ming (shundan qiz bolalar 12,3 ming, o‘g‘il bolalar 10,6 ming)
- Jizzax viloyati – 17,7 ming (shundan qiz bolalar 9,5 ming, o‘g‘il bolalar 8,2 ming);
- Qashqadaryo viloyati – 44,2 ming (shundan qiz bolalar 24 ming, o‘g‘il bolalar 20,2 ming);
- Navoiy viloyati – 12,2 ming (shundan qiz bolalar 6,7 ming, o‘g‘il bolalar 5,5 ming);
- Namangan viloyati – 30 ming (shundan qiz bolalar 16,9 ming, o‘g‘il bolalar 13,1 ming);
- Samarqand viloyati – 49,1 ming (shundan qiz bolalar 26,5 ming, o‘g‘il bolalar 22,6 ming);
- Surxondaryo viloyati – 34,1 ming (shundan qiz bolalar 18,1 ming, o‘g‘il bolalar 16 ming);
- Sirdaryo viloyati – 10,3 ming (shundan qiz bolalar 5,5 ming, o‘g‘il bolalar 4,8 ming);
- Toshkent viloyati – 31 ming (shundan qiz bolalar 16,4 ming, o‘g‘il bolalar 14,6 ming);
- Farg‘ona viloyati – 43,4 ming (shundan qiz bolalar 24,2 ming, o‘g‘il bolalar 19,2 ming);
- Xorazm viloyati – 25,7 ming (shundan qiz bolalar 13,8 ming, o‘g‘il bolalar 11,9 ming);
- Toshkent shahri – 36,2 ming (shundan qiz bolalar 17,6 ming, o‘g‘il bolalar 18,6 ming).