Toshkentda tadbirkorning mulkini o‘zlashtirgan mutaxassisga jinoyat ishi ochildi 

O‘zbekiston 09:21 / 25.05.2024 1871

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro S.R. U.M. MChJning mahsulotlarni qabul qilish va tayyorlash bo‘limi mutaxassisi vazifasida ishlab kelib, tanishi A.T. bilan 9 turdagi texnika mahsulotlarining shtrix kodini qalbaki mahsulotlarning shtrix kodiga o‘zgartirib, yaqin qarindoshlari nomiga ochilgan profillar orqali umumiy qiymati 146,7 mln so‘mlik mahsulotlarni 17,8 mln so‘mga sotib olishib, tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: