Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2021 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan R.B. O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Istanbuldagi bosh konsulxona qayd etishicha, 38 yoshli erkak Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsulxonaga yoki O‘zbekiston IIV yoxud hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘ralgan.