"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida mamlakatda ilg‘or texnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, mahsulotlarni qayta ishlash va Italiya bozoriga eksport qilish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Italiya tomoni O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimi benefitsiari ekanligi tufayli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida bojxona imtiyoziga egaligiga alohida e’tibor qaratdi. Bundan tashqari, kompaniya mutaxassislarining O‘zbekiston yosh fermerlari malakasini oshirishga tayyorligi ma’lum qilindi.
Uchrashuv yakunida Bonifiche Ferraresi Group vakillaridan iborat texnik guruhning O‘zbekistonga ishchi safarini tashkil etish va mamlakatda kompaniya faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qilishga kelishib olindi.