“O‘zatom” agentligi qayta tashkil etilib, hukumat huzuriga o‘tkazildi

O‘zbekiston 13:57 / 25.05.2024 4149

“Yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan quyidagilar tashkil etilmoqda:

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi (Qo‘mita);
  • Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (Inspeksiya);

Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi.

Bunda:

  • Qo‘mita atom energetikasi va yadro texnologiyalari obektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
  • Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
  • Inspeksiya yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Ko‘proq yangiliklar: