1,2 mlrd so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangan savdo kompleksi aniqlandi 

O‘zbekiston 09:12 / 25.05.2024 2000

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi tomonidan “Buxoro suv ta’minot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazildi.

Unda, tumandagi D.G. MChJga qarashli savdo kompleksi hamda E.b. NTM mas’ul shaxslari o‘zboshimchalik bilan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanib, jami 1,2 mlrd so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Y.b. fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari 2 dona suv nasosini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 229,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.D. “Shodlik” MFY hududidagi go‘sht do‘konini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, 118 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Xonqa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.H.” MChJ rahbari T.I. tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 114,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: