Yakshanba kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar qilmoqda “O‘zgidromet”.
Juma kuni kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda va kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi.
Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +24…+27 daraja atrofida, ba’zi joylarda +29 darajagacha, janubda +32…+34 darajagacha bo‘ladi.
Shanba kunining ikkinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida jadalligi biroz bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi +26…+29, janubda +32…+34 darajagacha bo‘ladi.
Yakshanba kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, kechasi va ertalab Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat +17…+22 darajagacha pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 24 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, 25−26 may kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 15−20 metr/sekundgacha kuchayadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli saqlanib turadi.
Toshkent shahrida juma kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +24…+26 daraja bo‘ladi. Shanba kuni kunning ikkinchi yarmida va yakshanbaga o‘tar kechasi vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat shanba kuni kechasi +16…+18, kunduzi +26…+28, yakshanba kuni kechasi +12…+14, kunduzi +19…+21 daraja bo‘ladi.