Tadbirkorning traktorini 240 mln so‘mga sotib yuborgan ishchi aniqlandi

O‘zbekiston 11:50 / 24.05.2024 4175

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro Sh.K. I.R.M. MChJning o‘ziga ishonib topshirilgan BELARUS 80X rusumli traktorini boshqa bir fuqaro X.N.ning nomidagi BELARUS 80X rusumli traktorining zavod ishlab chiqarish raqamlari yozilgan birkani ko‘chirib o‘tkazish orqali fuqaro M.A.ga 240 mln so‘mga sotib yuborib, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: