Qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olganlar davlatga qariyb 450 mln so‘m zarar yetkazdi 

O‘zbekiston 08:17 / 24.05.2024 2353

Samarqand tumanida qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi

Prokuratura departamenti xabariga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

“X.G.” MChJ mas’ul shaxslari 9,3 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 448,9 mln so‘m zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: