Markaziy Osiyo va YeI ekspertlari Toshkentda xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qiladi

O‘zbekiston 10:28 / 24.05.2024 1901

"Dunyo" xabariga ko‘ra, tadbir O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga asosan hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Yevropa kengashi prezidenti tomonidan 2023 yil 2 dekabr kuni Cho‘lponota (Qirg‘iziston)da bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi uchrashuvida erishilgan kelishuvlarga muvofiq o‘tkazilmoqda.

Tadbirda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terhi Xakala, Yevropa Ittifoqining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha koordinatori Bartyan Vegter, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dastur koordinatorlari va loyiha menejerlari hamda xavfsizlik sohasining Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo formatida faoliyat olib boruvchi Yevropa Ittifoqi tuzilmalarining qator ekspertlari ishtirok etadi.

Konferensiyada LEICA (Markaziy Osiyoda huquqni muhofaza qilish faoliyati), BOMCA (Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish dasturi) va CADAP (Markaziy Osiyoda narkotiklarga qarshi kurashish dasturi) kabi xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik dasturlari doirasida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi olib borilayotgan joriy hamkorlik aloqalari tahlil qilinadi.

Shuningdek, terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik, transchegaraviy uyushgan jinoyatchilik va odam savdosi kabi tahdidlarga qarshi kurashish sohalarida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rganib chiqiladi.

Ko‘proq yangiliklar: