Hukumat Madaniy meros agentligi ilmiy-ekspert kengashi vazifalarini belgilab berdi

O‘zbekiston 11:49 / 24.05.2024 1028

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Madaniy meros agentligining ilmiy-ekspert kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi

Madaniy meros agentligining ilmiy-ekspert kengashi yuridik shaxs hisoblanmaydi va o‘z faoliyatida agentlikka hisobot beradi. 

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish yuzasidan hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining moddiy madaniy meros obektlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
  • moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni ilmiy jihatdan ko‘rib chiqish, ularni hal etish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar tayyorlash hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
  • madaniy meros obektlarining tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qiymatiga salbiy ta’sir qilmasligini ta’minlash maqsadida ulardan foydalanish maqsadlari va shartlarini tasdiqlash yoki yetarli darajada asoslantirgan holda tasdiqlashni rad etishga doir masalalar yuzasidan xulosalar berish va boshqalar.

 
Kengash tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari kengash raisi hisoblanadi. Kengash faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarning mansabdor shaxslari aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Kengashni moddiy-texnik jihatdan ta’minlash agentlik tomonidan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Madaniy meros agentligining ilmiy-ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizom;
  • Madaniy meros agentligining ilmiy-ekspert kengashi tarkibi.

Hujjat bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Ko‘proq yangiliklar: