Har bir viloyat markazida Kurash mahorat maktablari tashkil etiladi

O‘zbekiston 08:36 / 24.05.2024 1451

Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport ta’limini rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni o‘tkazish rejalari bo‘yicha axborot berildi.

Sport ta’limidagi yangilik Kurash mahorat maktablari bo‘ladi. Kurash ming yillik qadriyat va milliy sport. Dunyoda bu bilan 30 million, O‘zbekistonda 30 ming kishi professional shug‘ullanmoqda. Havaskor yoshlar bundan ham ko‘p.

Shuning uchun har bir viloyat markazida Kurash mahorat maktablari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mahorat maktabida 140 nafar o‘quvchi bo‘ladi, ular 5-11 sinf bolalari orasidan tanlab olinadi.

Taqdimotda Parij olimpiadasiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha ham hisobot berildi.

Terma jamoalarimiz ushbu nufuzli musobaqaga yuqori darajada hozirlik ko‘rmoqda, chet ellarda maqsadli o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Sportchilarimiz futbol, suvga sakrash, kamondan o‘q otish, ayollar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha ilk bor olimpiadaga yo‘llanma olgani ahamiyatli. Oldinda yana yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish, Olimpiya o‘yinlarida munosib qatnashish maqsad qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: