Paynet bugun: kompaniyada oxirgi yilning asosiy ko‘rsatkichlari bilan bo‘lishishdi va rejalar haqida gapirib berishdi

O‘zbekiston 15:26 / 23.05.2024 2840

Toshkent, 2024 yil 20 may — Elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchi operator biznesdagi yangi cho‘qqilar zabt etilgani, aylanma va faol foydalanuvchilar soni rekord darajada o‘sgani  haqida gapirib berdi.

Paynet — aholi va biznes uchun keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etuvchi O‘zbekistondagi elektron to‘lovlar provayderi. Tizim har kuni odamlarga xizmatlar va tovarlar uchun oflayn va onlayn to‘lovlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam beradi: kartalarni naqd pul bilan to‘ldirishdan tortib, xorijiy xizmatlar uchun to‘lovlargacha. Kompaniya ko‘plab banklar va moliya korxonalari bilan integratsiyalashgan, bu esa Paynet ilovasidan aholining keng doirasi foydalana olishiga imkon beradi.

Kompaniyada foydalanuvchilar uchun ham, boshqa provayderlar, ya’ni Paynet tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshiruvchi kompaniya va xizmatlar uchun ham, imkon qadar qulay yechimlarni yaratishga harakat qilishmoqda.

Ayni damda Paynet barcha to‘lov bo‘yicha eng yirik agregator hisoblanadi. Paynet bilan shartnoma tuzish provayderlar uchun jismoniy va yuridik shaxslarning keng auditoriyasiga yo‘l ochadi.

2023-yilda kompaniya mamlakatda amalga oshirilgan to‘lovlar soni bo‘yicha yetakchiga aylandi. O‘sha yilning o‘zida tovar aylanmasi 49,2 trillion so‘mni, 2024-yilning birinchi uch oyida esa 20,2 trillion so‘mni tashkil qildi. Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatish sohasidagi soliq to‘lovchilarning top o‘ntaligidan o‘rin oladigan Paynet kompaniyasi   FinTech’ning kam sonli vakillaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda mazkur elektron to‘lovlar xizmati 24 mingdan ortiq to‘lov shoxobchalari va har kuni qariyb 2 million tranzaksiyaga ega.

Operatorning tarixi uzun: u 19 yil avval 2005-yilda tashkil etilgan, keyinchalik uni davlat tasarrufiga o‘tkazishgan, 2023-yilning noyabr oyida esa Paynet xususiylashtirilgan. Kompaniya birinchilardan bo‘lib Humo va Uzcard kartalariga foizsiz o‘tkazmalarni, shuningdek, to‘lovlardan 100 foizgacha keshbeklarni joriy qildi.

2023-yil avgust oyida brendni yangilash boshlandi – kompaniyada dizayn tizimi, brend va strategiyani qayta ko‘rib chiqildi. To‘lov tizimi jamoasi mobil ilovaning funksionalini sezilarli darajada yaxshiladi. Ko‘pgina o‘zgarishlardan so‘ng, Paynet nafaqat o‘z o‘rnida qoldi, balki sezilarli darajada o‘sishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Paynet raqamlarda

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning 1-choragidan 2024 yilning 1-choragigacha bo‘lgan davrda Paynet  aylanmasi 74,7 foizga o‘sib, 12,5 trillion so‘mni tashkil etdi. O‘tkazmalar aylanmasi ham shu davrda sezilarli darajada oshib, 7,7 trillion so‘mga yetdi va 994 foizga o‘sdi, bu kompaniyaning barqaror o‘sish sur’ati va mijozlar ishonchidan dalolat beradi.

Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad 253 milliard so‘mni tashkil etib, 160,7 foizga o‘sganligini ko‘rsatadi, butun biznesning sof foydasi esa 200,7 foizga oshib, 69 milliard so‘mga yetdi.

Har oy to‘lov amalga oshiruvchi foydalanuvchilarning o‘rtacha soni 29 foizga oshib, 18,8 million kishini tashkil qildi. “Paynet” mobil ilovasini o‘rnatishlar soni 310 foizga oshib, 5 millionni tashkil etdi, faol foydalanuvchilar soni esa 5 barobarga ko‘payib, 1,7 milliondan oshib ketdi.

Xususiylashtirish jarayoni

Xususiylashtirish jarayoni boshlanganiga bir yildan oshdi. Shu vaqt ichida kompaniyada tizim qayta qurildi, yangi rivojlanish strategiyasi belgilandi, bugungi kunda esa foydalanuvchilar uchun yangi xizmatlarni joriy etish ustida faol ish olib borilmoqda - raqamli mahsulotlarni rivojlantirishga kirishildi.

To‘lov tashkilotlariga qo‘yiladigan me’yoriy talablar munosabati bilan, kompaniya Aksiyadorlik jamiyatiga aylanishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yaqin kelajakda keng foydalanuvchilar doirasi uchun bir qator yangi mahsulot va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan, bu esa kundalik to‘lovlarni yanada qulayroq qilish imkonini beradi.

2023 yil avgust oyida kompaniya rebrending o‘tkazdi. Bugungi kunda Paynet kompaniyasining asosiy daromad manbalari agentlar tarmog‘i, infokiosklar va mobil ilova hisoblanadi. Shu sababli, operator rejasiga ushbu uchta yo‘nalishning ekotizimliligini rivojlantirish va to‘lov operatori orqali foydalanuvchilarning barcha asosiy moliyaviy muammolarini hal qilishga erishish kiritilgan.

Anvar Isamuhamedov, Paynet kompaniyasi bosh direktori

Paynet kompaniyasining bosh direktori, Anvar Isamuxamedov, kompaniya uchun ijtimoiy tarkibga ta’sir ko‘rsatish strategik jihatdan muhim ekanini ta’kidlaydi: elektron tijoratni rivojlantirish, raqamli transformatsiyani rag‘batlantirish, yaxshiroq yechimlarni taklif qilish orqali odamlarning vaqt va resurslarini tejash, ish o‘rinlarini yaratish va, eng muhimi, elektron to‘lovlarda shaffoflikni ta’minlash. 

“Biz Paynet barqaror o‘sib borayotgani va mijozlar bazasini ko‘paytirishda davom etayotganidan faxrlanamiz. Bu ajoyib natijalar mijozlarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga moslashish va elektron to‘lovlar sohasida yetakchi bo‘lib qolishimizni tasdiqlaydi”, — deya qo‘shimcha qiladi Anvar Isamuhamedov.

Odamlarga e’tibor

Paynet o‘z faoliyati davomida turli hudud va viloyatlarni qamrab olib, yuzlab ish o‘rinlarini yaratdi. Qolaversa, kompaniya o‘z jamoasi uchun qo‘llab-quvvatlovchi va ilhomlantiruvchi ish muhitni yaratishga alohida e’tibor beradi.

Shu tariqa, Paynet har bir xodim o‘zini qadrli ishtirokchi sifatida his qiladigan va kasbiy rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladigan muhit yaratishga intiladi.

Paynet ofisi

Bundan tashqari, kompaniya chekka tumanlar va qishloqlardagi o‘nlab agentlar bilan hamkorlik qilib, mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash moliyaviy xizmatlardan foydalanishni ta’minlash orqali, mahalliy hamjamiyatlarning rivojlanishiga faol hissa qo‘shib kelgan. Bu tashabbuslar nafaqat bandlik manbai, balki mahalliy hamjamiyatlarni rivojlantirish katalizatoriga aylangan.

"Bizning mas’uliyatimiz shunchaki moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan chegaralanib qolmasligiga ishonamiz. Biz xodimlarimiz va mahalliy hamjamiyatlar hayotining faol ishtirokchisi bo‘lishga intilamiz. Maqsadimiz nafaqat muvaffaqiyatli biznes yuritish, balki mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdir. Bizning ishimizda katta e’tibor odamlarga qaratilishi juda muhim”, – deb ta’kidlaydi Anvar Isamuhamedov.

Paynet mamlakatning raqamli transformatsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Big Data tahlili kabi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish kompaniya strategiyasining muhim elementiga aylanib bormoqda. Kompaniyada qaysi mahsulotlarga ko‘proq talab borligini tushunish uchun foydalanuvchi to‘lovlari bo‘yicha turli tadqiqotlar olib boriladi. Bularning barchasi foydalanuvchiga qulaylik yaratishga qaratilgan.

Mamlakatning FinTech sanoatini nima kutayotgani va kelajakdagi rejalar haqida

Kelayotgan yilda kompaniya O‘zbekistonda FinTech sanoatining o‘sishidagi ulkan salohiyatni ko‘rmoqda.

“Moliyaviy texnologiyalar mamlakatimizning iqtisodiy landshaftini o‘zgartirishda davom etmoqda va Paynet ushbu jarayonning bir qismi ekanligidan faxrlanadi. Internet va mobil texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarining oshishi aholi o‘rtasida raqamli moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, FinTech-kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Biz mobil to‘lovlar, onlayn-banking va boshqa raqamli moliyaviy yechimlarga talabning sezilarli darajada oshishini kutmoqdamiz.

Paynet yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun sarmoya kiritishda davom etadi”, – deb ta’kidlaydi Anvar Isamuhamedov.

Kompaniyaning kelajagida salohiyat va o‘sishni ko‘rishmoqda, jumladan bir yildan so‘ng Paynet har bir foydalanuvchi joylardagi kontaksiz to‘lovdan tortib, turli raqamli mahsulotlar va xizmatlarni xarid qilishgacha bo‘lgan barcha dolzarb moliyaviy masalalarni hal qila oladigan maydonga aylanishi maqsad qilingan.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: