O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov TIVda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya bilan uchrashdi.
"Vazirlikda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya xonim bilan uchrashdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Ikki tomonlama kun tartibidagi qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni barcha sohalarda boyitish, ayniqsa, xalq uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib olindi.