O‘zbekiston davlat filarmoniyasi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlarining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2025 yil 1 yanvardan boshlab, orkestrning:
➖badiiy-rahbar xodimlari uchun – 4,0 koeffitsiyentga;
➖oliy va birinchi toifali artistlari uchun – 1,17 koeffitsiyentdan 4,0 koeffitsiyentga;
➖ikkinchi toifali va toifasiz artistlari uchun – 1,17 koeffitsiyentdan 3,0 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilandi.
Davlat organlari, muassasalari va korxonalari o‘z xodimlarini milliy va jahon mumtoz musiqa san’ati asarlari bilan tanishtirishi uchun chiptalar va abonementlar sotib olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Tajribali dirijyorlar va orkestr ijrochilarining mahorat maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi.