18 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “MAKON Marketing Forum-2024” xalqaro biznes-forumi doirasida “Yil brendi-2023” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘z mahsulotlarida sifat va mijozlar qulayligini 1-o‘ringa qo‘ygan "Lalaku" brendi unda “Yil brendi” mukofotini qo‘lga kiritdi. Ushbu tanlov istemolchilar o‘rtasida o‘tkazildi va iste’molchilarning ovoz berishi orqali aniqlandi.
“Lalaku” bu — O‘zbekiston bozorida bolalar va kattalar uchun gigiyenik mahsulotlar, shuningdek, kundalik iste’mol tovarlarini taklif etadi.
“Bu nominatsiya kelajakda yanayam yaxshiroq ishlashimizga, xalqimizga yanada yaxshiroq mahsulotlarni yetkazib berishimizda katta qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi. “Lalaku” brendi ostida 2017 yildan boshlab bolalar tagliklari ishlab chiqarishni boshlaganmiz. Bunda asosiy e’tibor sifatga, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratildi va bugun ko‘p yillik mehnatimiz o‘z natijasini berdi.
Sifatga doimiy e’tibor qaratamiz. Mahsulotlarimizga talab biz o‘ylagandan ko‘proq bo‘lyapti, shuning uchun ishlab chiqarishni 30%ga oshirishni reja qilgandik. Keyingi yilda bundan yuqoriroq natijaga erishishini maqsad qildik. 2024-25 yillarda ishlab chiqarishni kengaytirib, yangi tarmoqlarni yo‘lga qo‘ygan holda eksportni ko‘paytirmoqchimiz”,- deydi “Lalaku” korxonasi marketing bo‘limi boshlig‘i Muhiddin Fozilov.
Ayni paytda kompaniya o‘z mahsulotlarini Saudiya Arabistoni, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Belorussiyaga eksport qiladi. Forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada kompaniya mahsulotlari namunali ko‘rgazma sifatida sertifikatga ega bo‘ldi.
Kompaniya gigiyenik vositalar ishlab chiqarishda Amerika va Turkiyaning eng oliy navli xomashyolaridan foydalanadi va aholiga maksimal darajada ekologik toza va sifatli maxsulot yetkazib berish ustida muntazam ishlab keladi.
Instagram | YouTube| Telegram | Facebook
Reklama huquqi asosida