4 mlrd so‘mlik qum-shag‘al aralashmasini qazib olish holati aniqlandi

O‘zbekiston 12:21 1559

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qilishicha, “F.X.” MChJ mas’ul shaxslari geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish uchun  “Quvasoy-1” qum-shag‘al koni hududidan ajratilgan yer maydonidan 18 344 kub metr qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olgan

Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 4,1 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: