Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hech qanday ruhiy buzilish holatlari aniqlanmadi” – 3 yoshli bolaning qotili sog‘lom deb topildi
Yashnobod tumanida 3 yoshli bolani vahshiylarcha o‘ldirgan giyohvand erkakka oid navbatdagi sud majlisida psixolog, psixiatr-ekspert hamda guvohlar ko‘rsatma berdi. Sud ekspertizasiga ko‘ra, sudlanuvchi aqli raso va ruhiy sog‘lom deb topilgan. Psixolog-ekspert esa sudlanuvchi bilan suhbatlashganida unda o‘z-o‘zini oqlash tendensiyasi yuqori bo‘lganini ma’lum qildi.

3 yoshli bolani pichoqlab o‘ldirgan giyohvand erkakda psixolog-ekspert bilan suhbatlashganda o‘z-o‘zini oqlash tendensiyasi yuqori bo‘lgan. Buni sud majlisida ko‘rsatma bergan psixolog-ekspert ta’kidlab o‘tdi.
“Tekshiriluvchining bilish jarayonlarida yaqqol ifodalangan buzilish jarayonlari aniqlanmadi. Fikrlari ketma-ketlikda. Individual psixologik xususiyatlarga ko‘ra, o‘z-o‘zini oqlash tendensiyasining yuqoriligi, egosentrizm kabi xususiyatlar aniqlandi. Tekshiriluvchi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtda fiziologik affekt holatida bo‘lmagan”, deya ma’lum qildi psixolog-ekspert Rustamova.
Sudda guvoh sifatida qatnashgan psixiatr-ekspert Nig‘monovga ko‘ra, sudlanuvchi 2024 yil 28 avgustdan 10 sentabrgacha sud psixiatriya-ekspertiza bo‘limida tekshiruvdan o‘tgan. Tekshiruv davomida unda hech qanday ruhiy buzilish holatlari aniqlanmagan.
Sudda kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilib, ayni vaqtda jazo o‘tayotgan shaxs ham guvoh sifatida so‘roq qilindi. U qotillik sodir etilgan kuni sudlanuvchiga 1400 dona “Tropikamid” va 30 dona “Regopen” psixotrop dori vositalarini yetkazib berishi kerak bo‘lgan.
“Sudlanuvchi tog‘amning o‘g‘li bo‘ladi. Lokatsiya berardi. Borib o‘sha joydan olib, bunga olib kelib berganim uchun pul berardi. Yo‘l puli uchun alohida 200-300 ming so‘m olsam, xizmat haqi sifatida 1-1,5 million so‘m olardim”, deya bildirdi guvoh.
Sudlanuvchi sudyaning savoliga javoban olib kelingan barcha dorini o‘zi, kuniga 14-15 ta tabletka iste’mol qilganini ta’kidlagan.
Sudda tergov yakunlanib, tomonlar muzokara qismiga o‘tilgani ma’lum qilindi. Sud ishni ko‘rib chiqishda 29 noyabrgacha tanaffus e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, qotil 9 iyulga o‘tar kechasi “Regopen” va “Tropikamid” dori vositalari va “Mefedron” giyohvandlik moddasini iste’mol qilgan. Bu moddalar ta’sirida o‘zi bilan birga yashab kelgan, 1994 yilda tug‘ilgan ayol N.N.ni uning 2021 yilda tug‘ilgan, onasining bag‘riga intilgan o‘g‘lidan rashk qilgan va bolani uxlayotgan vaqtida vahshiyona tarzda (yuz qismidagi tana a’zolariga yig‘ma pichoq sanchgan holda) o‘ldirgan.
S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining qasddan odam o‘ldirish, kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish kabi moddalari bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

15:48 / 13.07.2025
Farg‘onada tanishini urib ketgan haydovchi qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda

17:45 / 12.07.2025
Chinozda opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan yigitga hukm o‘qildi

17:56 / 10.07.2025
Kiyevda Ukraina xavfsizlik xizmati polkovnigi otib ketildi

13:31 / 10.07.2025