Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bolalar uchun tibbiy buyum va texnikalar bepul ijara asosida beriladi

O‘zbekiston 09:22 / 22.05.2024 1731

“Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bolalarni uy sharoitida davolanishi uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyum va tibbiy texnikalar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

2025 yil 1 martdan spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalar uy sharoitida davolanishi uchun zarur bo‘lgan tibbiy-ijtimoiy yordam doirasida tibbiy buyum va tibbiy texnikalar davlat tomonidan kafolatli ta’minlanadi va ular bepul ijara asosida berilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025 yil 1 yanvardan spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur bo‘lgan patogenetik dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnikalar bilan ta’minlash bo‘yicha respublika va hududiy ishchi guruhlari tashkil etadi.

Ishchi guruh asosiy vazifalari etib:

  • spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalar ro‘yxatini tuzish, bemorlardagi o‘zgarishlarni tahlil qilib borish hamda ular sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan patogenetik dori vositalari va uy sharoitida davolanishi uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyum va texnik vositalar ehtiyojini shakllantirish;
  • mavjud bo‘lgan tibbiy buyum va tibbiy texnika vositalari inventarizatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish (mavjud ro‘yxat asosda);
  • xarid qilingan patogenetik dori vositalari va uy sharoitida davolanishi uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyum va texnik vositalar taqsimotini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • xarid qilingan patogenetik dori vositalari va uy sharoitida davolanishi uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyum va texnik vositalarini tibbiyot muassasalariga o‘z vaqtida yetkazilishi va maqsadli ishlatilishini doimiy nazorat qilish belgilanadi.
Ko‘proq yangiliklar: