San’at institutiga rektor tayinlandi

O‘zbekiston 19:32 / 22.05.2024 7050

Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. 

Nodirbek Sayfullayev tayinlovga qadar, Prezident administratsiyasi madaniyat va san’atni rivojlantirish shu’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi. 

Shuningdek, u 2019-2022 yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori bo‘lib ishlagan. 

Tashkiliy masala ko‘rilgan yig‘ilishda yangi rahbarni Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov jamoaga tanishtirdi. Shuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ham yig‘ilishda ishtirok etdi. 

Ko‘proq yangiliklar: