"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Britaniyadan sayyohlarni O‘zbekistonga keng jalb etish va 2024 yilda ular uchun mamlakatni jozibador yo‘nalish sifatida tanishtirish masalalari muhokama qilindi.
Xorij tomoniga mamlakat tarixiy shaharlarining turizm salohiyati, so‘nggi yillarda barpo etilgan jahon standartlari asosidagi mehmonxonalar, ichki transport infratuzilmasi, ovqatlanish maskanlari hamda xorijiy sayyohlarga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining islomiy me’morchilik, buddizm, etno va tog‘ turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan videomateriallar namoyish qilindi.
Muzokaralar natijasida, Explore Worldwide bilan hamkorlikda Britaniyada O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, vebinarlar o‘tkazish, shuningdek, joriy yil davomida 1000 dan ziyod sayyohlarni mamlakatga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.