Asialuxe Travel turoperatori Turkiyaning turistik yuragi – Antaliyada dam olish uchun ideal vaqt bo‘lgan may oyining oxiriga kompleks turistik to‘plamlar tayyorladi.
Antaliya bu – har yili butun dunyodan minglab sayyohlarni jalb qiladigan O‘rtayer dengizining marvaridi. Asialuxe Travel turoperatori nega erta yoz Antaliya qirg‘oqlariga tashrif buyurish uchun ideal vaqt ekanini aytib beradi.
Yoz boshida Antaliyada sayyohlarni mayin va yoqimli ob-havo kutib oladi. Havo harorati +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi, yomg‘ir kamdan kam holatda yog‘adi. Kechalari esa jaziramasiz qulay sayr qilish uchun yengil shabada esib turadi.
Erta yoz cho‘milish mavsumini boshlash uchun ham qulay vaqt: O‘rtayer dengizining suvi qulay haroratgacha isiydi. Ko‘plab plyajlar «Moviy bayroq» bilan taqdirlangan va suvga ravon tushish yo‘liga ega, bu esa bolalar bilan dam olish uchun ajoyib qulaylik. Katta afzallik shundaki, bu vaqtda mavsum avjiga chiqadigan vaqtdan ko‘ra sayyohlar kamroq bo‘ladi.
Antaliya mehmonxonalarning katta tanlovini taklif qiladi: butik-mehmonxonalardan boshlab ko‘pchiligi «barchasi kiritilgan» tizimda ishlaydigan va qirg‘oqda joylashgan hashamatli rezortlargacha. Bu istak va moliyaviy imkoniyatlaringizga to‘g‘ri keladigan ideal joyni tanlashga imkon beradi.
Mintaqa har bir qadamda uchratish mumkin bo‘lgan qadimiy diqqatga sazovor joylar va arxitektura yodgorliklariga ham boy. Adrian darvozasi, Perge vayronasi, Alaniya qal’asi va Eski shaharga albatta tashrif buyurish kerak.
Kamdan kam odamning xayoliga keladi, lekin Antaliya – bu nafaqat plyajlar va dengiz, balki chiroyli sharsharalar, tog‘lar va o‘rmonlardir ham. Bu yerda Kurshunlu, Dyuden va Pastki Dyuden sharsharalari manzaralaridan zavqlanish mumkin.
Faol dam olishni yaxshi ko‘ruvchilar vindsyorfing bilan shug‘ullanishlari, paraplanda uchishlari, gidrosikl va kvadrosiklda harakatlanishlari, toqqa chiqishlari, akvapark va attraksionlar bog‘lariga tashrif buyurishlari mumkin.
Yilning bu vaqtida sayohatga borishning yana bir muhim afzalligi – bu hamyonbop narxlardir. Mehmonxonada yashash, ekskursiyalar va ko‘ngilochar mashg‘ulotlar uchun mavsumiy chegirmalar va maxsus takliflar ko‘plab sayyohlar uchun sayohatni hamyonbop qiladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Antaliyaga O‘zbekistonning uchta shahridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi. 24 maydan ushbu kurort-shaharga Toshkentdan har kuni, Farg‘onadan har dushanba va Samarqanddan har payshanba kunlari uchib ketish mumkin bo‘ladi.
Asialuxe Travel to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz, transfer, joylashuv, konsepsiya bo‘yicha ovqatlanish va tibbiy sug‘urtani o‘z ichiga oladigan kompleks turistik to‘plamlarni tayyorladi.
Kompleks turistik to‘plamlar mamlakatning barcha turistik agentliklarida mavjud.
Turistik to‘plamlar va tur tashkillashtirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni asialuxe.uz sayti yoki +998 71 201 77 77 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/asialuxe
Reklama huquqi asosida