Ispaniyaning World2Fly aviakompaniyasi O‘zbekistonga qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Madrid shahri Toshkent va Urganch bilan charter reyslar orqali bog‘lanadi. Madrid-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysi 2024 yil 23 mayga belgilangan.
«Toshkent – Madrid – Toshkent» va «Urganch - Madrid - Urganch» yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar har ikki haftada bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvozlar Airbus A330-300 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.
Charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024 yilning sentabridan oktyabriga qadar qayta tiklanadi.
World2Fly — 2020 yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Palma-de-Malyorkada (Ispaniya) joylashgan aviakompaniya.