Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston 14:38 / 21.05.2024 23629

21 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi hamda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish, shu jumladan hududlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kreml matbuot xizmati xabarida esa davlat rahbarlari Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifiga tayyorgarlikning borishini ham muhokama qilgani aytilgan. «Vladimir Putin Xitoy rahbariyati bilan Pekinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi», deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: