Toshkent viloyati, Qibray tumanida maishiy chiqindi poligoni quriladi. Buning uchun «May» mahallasi hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 6 gektar yer maydoni ajratiladi. Bu haqdagi qarorni viloyatihokimi Zoyir Mirzayev imzoladi.
Qayd qilinishicha, hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish amalga oshiriladi.
Ajratilgan yer maydonidagi maishiy chiqindi poligonida sanitariya-ekologiya, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, belgilangan muddatda rekultivatsiya qilib faoliyatini tugatishi belgilangan.