O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari Ostona shahrida uchrashdi

O‘zbekiston 10:07 / 21.05.2024 1624

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Ostona shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Ostona shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Sanoat, investitsiyaviy, intellektual hamkorlik, madaniy va mintaqalararo aloqalarimizning yuqori dinamikasi O‘zbekiston va Xitoy xalqlari manfaatlari yo‘lida eng yaxshi natijalarga erishishga qaratilgan. mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirishga alohida e’tibor berildi.

Shuningdek, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb mavzular ham muhokama qilindi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya 20-21 may kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida Shanhay hamkorlik tashkiloti TIV rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: