O‘zbekiston «NATOga sherik davlatlar kuni» tadbirida ishtirok etdi

O‘zbekiston 12:00 / 21.05.2024 2433

Belgiyaning Mons shahrida joylashgan NATOning operatsiyalar bo‘yicha Birlashgan qurolli kuchlar qo‘mondonligi bosh qarorgohida tashkilotga a’zo va sherik davlatlar vakillari ishtirokida "NATOga sherik davlatlar kuni" tadbiri o‘tkazildi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, tadbirning asosiy maqsadi NATOga a’zo va sherik davlatlarning madaniyati, urf-odatlari, milliy hunarmandchilik mahsulotlari hamda milliy taomlarini namoyish etish orqali o‘zaro aloqalarini mustahkamlashdan iboratdir.

Mazkur anjuman NATOning madaniy yo‘nalishdagi asosiy tadbirlaridan biri bo‘lib, 2005 yildan beri har yili mazkur qarorgohda o‘tkazib kelinadi.

Joriy yilgi tadbirda 20 dan ortiq NATOga a’zo va sherik davlatlarning vakillari ishtirok etdi.

Anjuman ishtirokchilari o‘zbek xalqining madaniyati, urf-odatlari, milliy an’ana va qadriyatlari bilan tanishdilar. Shu bilan birga O‘zbekistonning qadimiy obidalarini namoyon etuvchi suratlar va milliy hunarmandchilik namunalari o‘rin olgan ko‘rgazma tashkil etildi.

 

Ko‘proq yangiliklar: