Xarkiv oblastidagi jang maydonlarida qolgan rossiyalik askarlar jasadlari - urush suratlari

Jahon 14:56 / 19.05.2024 28028

Ukrainada urushning 815-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • The Wall Street Journal: Ukraina AQShdan Amerika qurollarini Rossiyadagi harbiy obektlarga qo‘llash bo‘yicha cheklovni bekor qilishni so‘ragan.
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirdi.
  • Rossiya sudi Yevropaning uch banki — UniCredit, DB, Commerzbank banklarining qariyb 800 million yevrolik mulklarini xatlab qo‘ydi. Ularga qarshi da’vo «Gazprom»ga aloqador kompaniyalardan biri tomonidan kiritilgan.
  • Novorossiyskda nimstansiyadagi yong‘in oqibatida 26 mingdan ortiq kishi elektr energiyasisiz qoldi. Bundan avvalroq ham shaharda dronlar hujumi tufayli svet o‘chgandi.
  • Moskva davlat universitetidan haydalgan ukrainalik talaba, bunga qadar urush to‘g‘risidagi postlari uchun uch bor qo‘lga olingan Sergey Gulko Rossiyani tark etdi.

Xarkiv oblastida rossiyalik askarlarning jasadlari

10 may kuni Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastida yangi yurish boshlagandi. Shundan keyin Rossiya mudofaa vazirligi regionda o‘ndan ortiq aholi yashash manzillari egallanganini ma’lum qildi. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining 13 may tongidagi hisobotida Rossiya qo‘shini Ukrainaning Xarkiv oblasti Chuhiyiv rayonidagi Vovchansk shahri uchun janglarda «taktik yutuqlar»ga erishgani haqida xabar berdi. 14 may kuni Ukraina QK Bosh shtabi ukrain qo‘shini Vovchansk va Lipsi hududlarida «nisbatan qulayroq pozitsiyalar»ga o‘tgani haqida xabar berdi. Shu bilan bir vaqtda mahalliy rasmiylar Xarkiv oblastining chegaradosh hududlari aholisini evakuatsiya qilmoqda.

Volodimir Zelenskiy Rossiya yurishidan maqsad — harbiy harakatlar hududini kengaytirish hamda frontdagi Ukraina kuchlarini yoyib yuborish ekanini aytgan. Harbiy ekspertlar va rasmiy Kiyev qayd etishicha, Ukrainada hozirda resurslar yetishmovchiligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Kremlning rasmiy versiyasiga ko‘ra, yurishdan maqsad — Belgorodni zarbalardan himoyalash uchun Rossiya chegarasi yaqinida «sanitar zona» tashkil etish hisoblanadi.

Xarkiv oblastida — Rossiya bilan chegaradan sakkiz kilometr masofada 16 may kuni tasvirga olingan rossiyalik askarlar jasadlari
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Ukraina qurolli kuchlarining Xarkiv oblastidagi FPV-dronlari otryadi

Dron operatorlari uchuvchisiz apparatlarni Xarkiv oblastidagi jangovar parvozlarga tayyorlamoqda
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ukrainaning 92-brigadasi «Axilles» batalyonidagi «Manul» chaqiruv belgisiga ega askari kamikadze dronni rossiyaliklarning Xarkiv oblastidagi pozitsiyalariga uchirishdan oldin unga o‘q-dori bog‘lamoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
«Manul» uchirish pozitsiyasida dronni havoga ko‘tarmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainaning 92-brigadasi «Axilles» batalyonining «Borchik» chaqiruv belgisiga ega jangchisi dron boshqarmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Ukrain armiyasining Nyu York qishlog‘idagi pozitsiyalari

Ukrainaning 24-brigadasi askari Donetsk oblasti Nyu-York qishlog‘idagi uyda o‘t ochish to‘g‘risidagi buyruqni kutmoqda
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Rossiya pozitsiyalarini o‘qqa tutish uchun minomyotni o‘qlayotgan ukrain askari
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Zarba berib bo‘lingach, o‘z qurol-aslahalarini yig‘ishtirayotgan askar
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: