Kreml AQShning RFga ATACMS zarbalari haqidagi qaroriga munosabat bildirdi

Jahon 15:30 3097

Rossiya AQShning Ukrainaga RFga uzoq masofali raketalar bilan zarba yo‘llashga ruxsat bergani haqidagi xabarlarga juda salbiy munosabat bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 18 noyabr, dushanba kuni bu qaror keskinlikning yangi bosqichi va AQShning Ukrainadagi urushga aralashuvini anglatadi, dedi.

«Agar shunday qaror haqiqatan ham ishlab chiqilgan va Kiyev rejimiga yetkazilgan bo‘lsa, bu keskinlikning sifat jihatidan yangi bosqichi va Qo‘shma Shtatlarning ushbu mojaroga aralashuvi nuqtayi nazaridan yangi holat», — dedi Peskov matbuot brifingida. Kremlda hozircha faqat G‘arb ommaviy axborot vositalaridan ma’lumot bor.

«Yangi keskinlik davri»

«Ammo, Vashingtondagi lavozimidan ketayotgan ma’muriyat olovga yog‘ sepishda davom etish va bu mojaro atrofida keskinlikni yanada kuchaytirish uchun choralar ko‘rish niyatida ekanligi aniq», dedi Kreml vakili. 

Bir kun avval Amerika va Yevropaning ko‘plab ommaviy axborot vositalari AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina harbiylariga Rossiya hududiga hujum qilish uchun ATACMS raketalaridan foydalanishga ruxsat bergani haqida xabar tarqatgan edi. Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Vashington qarorini ma’qulladi. The New York Times nashrining yozishicha, Ukraina Qurolli kuchlari bu raketalarni faqat Kursk oblastidagi Rossiya va Shimoliy Koreya qo‘shinlariga qarshi qo‘llashi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: