Sevimli makaron brendi MAKFA “O‘zbekiston go‘zal manzaralarini kashf eting” nomli aksiyasini boshlamoqda

Jamiyat 09:05 / 19.05.2024 2654

MAKFA qattiq bug‘doyli makaron mahsulotlari ko‘p yillardan buyon biz biladigan va sevib iste’mol qilib kelayotgan mahsulotdir. O‘zbekistonning go‘zalligi yangi sayohatlarga, MAKFA makaronlari esa sizni yangi qiziqarli taomlar tayyorlashga ilhomlantiradi.

Endi MAKFA makaron mahsulotlari xaridorlari nafaqat o‘z yaqinlarini mazali taomlar bilan xursand qilishlari, balki unutilmas sayohatlar va boshqa sovg‘alarni ham yutib olishlari mumkin.

Aksiyada har kim ishtirokchi bo‘lishi mumkin va aksiya 6 oy davom etadi. Siz reklama mahsulotlarini butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab barcha do‘konlarda, shu jumladan onlayn platformalarda ham xarid qilishingiz mumkin. MAKFA kompaniyasining barcha makaron mahsulotlari O‘zbekiston manzarasi aks ettirilgan ajoyib reklama qadog‘ida ham, odatiy dizayndagi qadog‘ida ham sovrinlar o‘yinida ishtirok etmoqda.

Aksiyada ishtirok etish tartibi juda oddiy:

  • 2024 yil 1 maydan 31 oktyabrgacha MAKFA makaronining istalgan mahsulotini xarid qiling;
  • @makfapromouzbot telegram-botida chekni ro‘yxatdan o‘tkazing;
  • Omadga ishoning va tanlov natijalarini kuting. G‘oliblar ro‘yxatlari makfa-promo.com saytida HAR OY e’lon qilinadi.

Aksiyaning butun muddati davomida 15 milliondan 50 million so‘mgacha bo‘lgan 7ta sayohat va nominal qiymati 150 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha bo‘lgan xaridlar uchun 600ta sovg‘a sertifikati o‘ynaladi.

Qanchalik ko‘p cheklar bo‘lsa, sovrin yutish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi!

Aksiyaning batafsil shartlari makfa-promo.com saytida hamda +99850-505-58-11 telefoni orqali.

Endi esa eng qiziqarli qism – MAKFA birinchi marta inqilobiy to‘ldirilgan reallik texnologiyasidan foydalanmoqda! MAKFA makaronini aksiya belgisi bilan maxsus qadoqda xarid qilgan har bir mijoz noyob joylarga virtual sayohatga chiqishi mumkin bo‘ladi:

  • Chorvoq suv ombori;
  • Xivadagi qadimiy shahar;
  • Samarqand shahridagi Registon maydoni.

Virtual sayohatga chiqish uchun smartfon kamerasini makaron paketida joylashgan QR-kodga yo‘naltirish va ko‘rsatmalarga amal qilish kifoya. Va har bir virtual sayohat oxirida siz esdalik sifatida noyob fotosurat olasiz!

MAKFA bilan O‘zbekistonning eng go‘zal tabiiy va tarixiy hududlarini kashf eting, dunyoqarashingizni kengaytiring, yangi did va yangi tajribalardan bahramand bo‘ling.

Hammaga omad tilaymiz!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: