Qurol muomalasi sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi elektron tartibga o‘tkaziladi

O‘zbekiston 08:56 / 17.05.2024 646

Loyiha ilovasi bilan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari elektron tartibda amalga oshirish maqsadida “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga hamda prezidentning “Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiqlashtirilmoqda.

Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari ochiq maxsus elektron tizim orqali amalga oshirilishi, shuningdek, foydalanilishi cheklangan ma’lumotlarga ega litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bilan bog‘liq davlat xizmatlari ushbu tizimdan foydalanmaganligi sababli an’anaviy yoki mustaqil himoyalangan axborot tizimlari yordamida ko‘rsatilishining aniq qoidalari nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, ichki ishlar organlari tomonidan davlat xizmatlari boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan axborot almashinuvi idoralararo integratsiyalashuv platformasi yordamida, talabgor ishtirokisiz “Yagona darcha” prinsipi bo‘yicha tezkor amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, o‘tkazilgan xatlov natijasida loyihaga muvofiqlashtirilishi lozim bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mavjud emasligi bois loyihaga tegishli band kiritilmadi.

Loyihaning qabul qilinishi:

ichki ishlar organlari tomonidan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bilan bog‘liq davlat xizmatlari talabgor jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanish uchun qulay bo‘lgan, soddalashtirilgan holda ko‘rsatilishiga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari to‘liq tarzda ro‘yobga chiqarilishi ustidan nazorat darajasi kuchaytirilishiga;
litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali ulardan o‘tishning yagona tartibi belgilanishiga, normativ-huquqiy hujjatlarning, talab etiladigan axborot va hujjatlarning soni qisqartirilishiga, buning natijasida ortiqcha byurokratik to‘siqlarning bartaraf etilishiga;
tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatishda manfaatdor davlat organi va tashkilotlarining o‘zaro hamkorlik qilish va axborot almashinuvini amalga oshirish mexanizmi takomillashtirilishiga;
tadbirkorlarga doir majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirishga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: