Onkologiya markaziga tanlov asosida professional boshqaruvchi kompaniya jalb etiladi

O‘zbekiston 08:41 / 16.05.2024 2113

Vazirlar Mahkamasining «Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazini samarali boshqarish tizimini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazini samarali boshqarishni tashkil qilish, davlat budjeti mablag‘laridan oqilona foydalanishni tashkil qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining bo‘sh turgan hududida zamonaviy yangi bino-inshootlar kompleksi barpo etilishi hamda qurilish ishlari 2024 yil II chorak oxirigacha yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Markaz prezidentning «Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi «O‘zbekiston onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II chorak)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 30,97 mln dollar bo‘lgan 130 turdan ortiq zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.

Markazning joriy faoliyatini boshqarish uchun tanlov asosida professional boshqaruvchi kompaniya jalb etish belgilanmoqda.

Qaror bilan: 

yetakchi xorijiy kompaniyalar, tibbiyot muassasalari tajribasi hamda ekspertlar takliflari asosida boshqaruvchi kompaniyani jalb etish bo‘yicha tanlov shartlarini ishlab chiqish;
tibbiyot sohasidagi muassasalar, klinikalar va markazlarni boshqarish sohasida tajribaga ega, jumladan xorijiy boshqaruvchi kompaniyasini elektron-auksion vositasida tanlov o‘tkazgan holda jalb etish belgilanmoqda.

Ushbu qarorning qabul qilinishi davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini talab etmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: