Apple kompaniyasi iOS 18 va boshqa operatsion tizimlarining yangi xususiyatlarini e’lon qildi. Ular orasida Eye Tracking funksiyasi alohida ajralib turadi, bu iPhone va iPad’ni ko‘z bilan boshqarish imkonini beradi.
Funksiya sun’iy intellekt asosida ishlaydi. U old kamera yordamida ko‘z qorachig‘i harakatini kuzatib boradi. Nigoh yordamida ilova elementlari bo‘ylab harakatlanish, surish, sahifadan sahifaga o‘tish va boshqa vazifalarni bajarish mumkin.
Shuningdek, ushbu funksiyalar ham joriy qilinadi:
- Music Haptics funksiyasi faollashtirilganda, Taptic Engine chalinayotgan qo‘shiqqa mos teginishlar, teksturalar va tebranishlarni takrorlaydi. U Apple Music katalogidagi millionlab treklarni qo‘llab-quvvatlaydi;
- Vocal Shortcuts opsiyasi - nutq xususiyatlarini hisobga olgan holda so‘zlarga o‘z talaffuzingizni belgilash imkonini beradi. Bu Siri’ga topshiriqlarni yaxshiroq tushunish imkonini beradi;
- Avtomobilda iPhone yoki iPad’dan foydalanayotganda chayqalish muammosini hal qilish uchun Vehicle Motion Cues funksiyasi joriy qilinadi. Ekranning chetlari bo‘ylab animatsion nuqtalar avtomobil harakatidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatadi, asosiy kontentga halaqit bermasdan sensorli ziddiyatni kamaytiradi;
- yangi ovozlar, ovoz balandligini sozlash va VoiceOver klaviatura yorliqlarini (Mac kompyuterlarida) tanlash imkoniyati;
- kiritish maydonida matnni kattaroq ko‘rsatish, shuningdek, yoqqan shrift va rangni tanlash uchun Hover Typing funksiyasi;
- «Lupa» rejimida yangi o‘qish va aniqlash rejimini oson ishga tushirish imkoniyati;
- CarPlay orqali ovozli boshqaruv, rang filtrlari va ovozni aniqlash;
- AssistiveTouch virtual trek paneli - bu qurilmani ekranning kichik maydon orqali sensorli panel sifatida boshqarish imkonini beradi;
Bu barcha yangiliklarni o‘z ichiga olgan iOS 18, macOS 15 va watchOS 11 tizimlari 10 iyun kuni Apple konferensiyasida ishga tushirilishi kutilmoqda.